Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistga tuhmat qilgan andijonlik mulozim jarimaga tortildi

Jurnalistga tuhmat qilgan andijonlik mulozim jarimaga tortildi

Bugun Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Koshkarovaga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ko‘rib chiqildi. Andijon shahar ma’muriy sdi qaroriga ko‘ra, G. Koshkarova O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi (tuhmat) va 41-moddasi (haqorat qilish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 5 million 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, mutasaddi xonim taniqli jurnalist, Human.uz sayti rahbari Xurshid Daliyevni Andijon shahar hokimligining telegram sahifasi orqali kurak tugul, tuvakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, uni hatto «Hizbut-tahrir» (terrorchilik tashkiloti) a’zosi deyishgacha borgandi.

Mazkur holatga oid surishtiruv ishlari sirli ravishda cho‘zilib, qachonki ijtimoiy tarmoqlarda bong urilganidan keyingina «delo» sudga oshirilgani o‘quvchilar yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring