Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalist Davlat Nazar o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga jazo tayinlandi

Jurnalist Davlat Nazar o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga jazo tayinlandi

Davlatnazar Ro‘zmetov.

Bugun, 19-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi jurnalist Davlat Nazar (Davlatnazar Ro‘zmetov) o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi U.S.ga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda «Qo‘shni mahalla» qanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchi 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qilinishi barobarida bir yarim yil avtomashina boshqarish huquqidan ham mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, jurnalist Davlat Nazar 2019-yil 6-noyabr kuni soat 23:55 larda «Urganch-Xiva» yo‘lining 4-kilometrida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida vafot egan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring