Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda qarovsiz qolgan mashinani yurgazib yuborgan o‘smir 6 yoshli bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Jizzaxda qarovsiz qolgan mashinani yurgazib yuborgan o‘smir 6 yoshli bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Joriy yilning 30-may kuni soat 19:30 larda, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani, Ravalliq mahallasi, Gulshan ko‘chasida, haydovchi 1959-y.t. T.N. (erkak) «Gaz-69» rusumli transport vositasida stol-stullarni shu ko‘chadagi yashovchi N.Z.ning xonadoniga olib kelgan va mashinani qarovsiz qoldirgan.

Birga kelgan tanishi, 2005-y.t. S.E. (o‘g‘il bola) avtomobilni o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lib, yurgazib yuborishi natijasida voyaga yetmagan piyoda, shu uyning oldida o‘ynab yurgan, 2014-y.t. B.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, voyaga yetmagan 6 yoshli B.X. (o‘g‘il bola) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Rashidov tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Barcha haydovchilardan transport vositasini ochiq holda, kaliti bilan qarovsiz qoldirmasliklarini, ota-onalar farzandlariga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring