Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Do‘stlik tumanida mansabdor shaxslarning kirdikorlari fosh etildi

Do‘stlik tumanida mansabdor shaxslarning kirdikorlari fosh etildi

Jizzax viloyati, Do‘stlik tuman «Elektr tarmoqlari korxonasi» mansabdor shaxslari g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab o‘zlariga biriktirilgan elektron kalit orqali rasmiy hujjat hisoblangan «Elektr hisob» dasturi va hisobotlarga kompyuter texnikasi yordamida soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish va ularni yuqori tashkilotlarga taqdim etish, o‘zlariga ishonib topshirilgan yoki ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini qo‘yidagi usul va sharoitlarda sodir qilgan.

Xususan, korxona mansabdor shaxslari tomonidan 2018 yil 1 yanvardan 2019 yil 1 noyabrga qadar aholi iste’molchilari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun 1221 ta to‘lov pattalari orqali to‘lov qilingan jami 200 mln. 073 ming 125 so‘m naqd pullarni bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘zlarining shaxsiy extiyojlari uchun ishlatib, pul mablag‘lari o‘zlashtirilganini yashirish maqsadida rasmiy hujjat hisoblangan «Elektr hisob» dasturi va hisobotlarga soxta ma’lumotlar kiritgan. Aynan 1221 ta kvitansiyada ko‘rsatilgan iste’molchilarning ushbu miqdordagi qarzdorliklari asossiz kamaytirilishiga erishgan.

Mazkur holat yuzasidan Do‘stlik tuman elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi «a,g» bandi, 209-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar dastlabki terov harakatlarini olib borish uchun Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Majburiy ijro byurosi

Jamoatchilik bilan aloqalar

va huquqiy axborot bo‘lim

Manba: dostlik.jizzax.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring