Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JIB Toshkent shahar sudida sobiq prokurorning «ishi» ko‘rilmoqda

JIB Toshkent shahar sudida sobiq prokurorning «ishi» ko‘rilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) Toshkent shahar sudida prokuratura sobiq xodimi I.Kalonovga oid jinoyat ishi ko‘rilmoqda.

2011-yilning oxirida katta shov-shuvlar bilan hibsga olinib, salomatligiga jiddiy putur yetishi natijasida ozodlikka chiqarilgan sobiq prokurorni yaqin og‘aynisi «ushlab bergani» aytiladi. Firibgarlik va pora berishga qasd qilishda ayblangan sudlanuvchi turmush o‘rtog‘i bilan birga qo‘lga olingani haqida ham gap-so‘zlar urchigandi o‘z vaqtida.

Oradan sakkiz yil o‘tib, uning «ishi» birinchi marta yuqori instansiyada ko‘rib chiqilmoqda.

Yaqin o‘tmishning ko‘p sir-sinoatlaridan «hikoya qiluvchi» qiluvchi mazkur jinoyat ishi yaqin oylarda yakuniga yetishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring