Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inspektorga pora taklif qilgan «zo‘ravon» qo‘lga olindi

Inspektorga pora taklif qilgan «zo‘ravon» qo‘lga olindi

Foto: «IIV.UZ»

Buxoroda profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qorako‘l tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori katta leytenant Bobir Ro‘ziyev Buxoro viloyati IIB boshlig‘i nomiga bildirgi yozgan. Unga ko‘ra IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Qashqadaryoda tug‘ilgan 33 yoshli fuqaro N.J. profilaktika inspektoriga pora tariqasida 188 000 so‘m bermoqchi bo‘lganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. U R.P.ning arizasi asosida tan jarohati bilan bog‘liq holat yuzasidan o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslikni so‘ragan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Qorako‘l tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring