Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV xodimi sog‘lom ovqatlanishi, tamaki hamda alkogoldan voz kechishi va qon topshirishi lozim

IIV xodimi sog‘lom ovqatlanishi, tamaki hamda alkogoldan voz kechishi va qon topshirishi lozim

Foto: «Xabar.uz»

2019 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 98-son buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur buyruq ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda Vatanga sadoqat va uning taqdiriga daxldorlik hissini singdirish, shuningdek xodimlarning ijtimoiy, huquqiy va jismoniy faolligini oshirish orqali fuqarolarda xodimlarga nisbatan o‘zaro hurmat munosabatini kuchaytirishni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Mazkur buyruq bilan quyidagilar belgilandi:

– har haftaning dushanba kuni ma’rifat darslaridan so‘ng ichki ishlar organlari xodimlariga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, ortiqcha vazn, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlari tibbiyot bo‘linmalari xodimlari tomonidan maslahatlar berib borish;

– har haftaning juma kuni «Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» doirasida ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, yo‘l-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazish va «Yo‘l harakati xavfsizligi kuni» hamda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi tadbirlari doirasida xodimlar tomonidan shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanmaslik;

– doimiy ravishda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan maxsus tadbirlar tashkil etib borish;

– doimiy ravishda har chorakda kamida bir marotaba sport musobaqalari va birinchiliklari o‘tkazish;

– muntazam ravishda ichki ishlar organlari ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish;

– 14 iyun – «Xalqaro donorlar kuni» munosabati bilan qon topshirish tadbirlarida xodimlarning faol ishtirok etishi;

– doimiy ravishda ichki ishlar organlari ma’muriy binolarining atrof-hududlarini obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish;

– ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida namunali xizmat qilgan iste’fodagi xodimlar ishtirokida «Uch avlod uchrashuvi» tadbirlarini joriy etish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring