Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV: Andijonda shifokor hayotiga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

IIV: Andijonda shifokor hayotiga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokoriga tajovuz qilingani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ham holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqladi.

2019-yil 21-avgust kuni soat 10.00larda Xonobod shahar Taraqqiyot 3-tor ko‘chasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan F.A. birga yashovchi onasi, 2-guruh nogironi, 1955-yilda tug‘ilgan I.A.ni sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, uni Andijon shahrida joylashgan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limiga olib kelib, onasini shu bo‘lim mudirining qabuliga olib kirmoqchi bo‘lgan va bo‘lim mudiri bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, F.A.ning bundan jahli chiqib, bo‘lim mudiri qo‘llarini bog‘lab, o‘zi bilan yelim idishda olib kelgan benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan vaqtida shu bo‘limda ishlovchi xodimlar F.A.ni ushlab qolishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish),173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi IIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring