Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV o‘rinbosari: «10 oy ichida korrupsiyaga aloqador 126 ta guruh qo‘lga olindi»

IIV o‘rinbosari: «10 oy ichida korrupsiyaga aloqador 126 ta guruh qo‘lga olindi»

Foto: Videolavhadan skrinshot

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov korrupsiyaga qarshi kurashishda beshta vakolatli idora borligini, ularning biri — IIV ekanini qayd etdi.

Ma’lum qilinishicha, IIV tizimidagi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida korrupsiya bilan bog‘liq 673 ta jinoyat ishlari aniqlangan.

Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi ushbu jinoyatlarga aloqador 126 ta guruhni qo‘lga olib, 84 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlagan.

Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning asosiy qismini poraxo‘rlik (85 tasi), tovlamachilik (51 tasi) va firibgarlik (311 tasi) jinoyati tashkil etadi.

Korrupsion jinoyatlar asosan ijtimoiy sohada, hokimiyat idoralarida, o‘rta va kichik biznesda hamda agrosanoat kompleksida sodir etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring