Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyat tasvirlangan video haqida ma’lumot berildi

Ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyat tasvirlangan video haqida ma’lumot berildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgani videosi tarqaldi. Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum» deya nomlangan video tarqaldi. IIV axborot xizmati tomonidan videolavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yil 1 iyun, ertalab soat taxminan 04.30 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa yo‘li chekkasidagi «Toshkent» savdo majmuasi va «Do‘stlik» buyum bozorlari tashqarisida, viloyat soliq organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda, bir qator fuqarolar tomonidan norozilik bildirilgan, shunda jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan.

Hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring