Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«HUMAN» rahbariga tegishli xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlandi

«HUMAN» rahbariga tegishli xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlandi

Foto: Tergov departamenti

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi «HUMAN» xususiy bandlik agentligi» MChJ rahbari Sh.Fayzullayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan «HUMAN» xususiy bandlik agentligi» MChJ rahbari Sh.Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan 11.12.2019 yilda tasdiqlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga yuborildi.

Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi Sh.Fayzullayevga tegishli bo‘lgan xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan.

Shuningdek, «HUMAN» xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘lari 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga turli xil yo‘llar bilan ko‘chirish orqali o‘zlashtirilgan qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan holatda alohida ish yurituvga ajratildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring