Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hojatbaror» jinoyat ustida qo‘lga tushdi

«Hojatbaror» jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Voqelik Andijon viloyatida sodir bo‘ldi. Ikki gektar yerni 16500 AQSh dollariga «baholagan» M. A. kelishilgan pulning olti mingini olayotganda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga tushirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, «hojatbaror» tuman hududidan mebel ishlab chiqarish va issiqxona qurish uchun yer maydoniga ehtiyoj sezgan mahalliy tadbirkorga shu tariqa «yordam» qilmoqchi bo‘lgan ekan.

Biroq xabarda voqelik viloyatning qaysi tumanida sodir bo‘lgani ochiqlanmagan. Ochiqlangani shuki, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring