Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchining qanday huquqlari bor?

Haydovchining qanday huquqlari bor?

Foto: Protoday.uz

Adliya vazirligining rasmiy kanalida haydovchilarning huquqlari haqida ma’lumot eslatib o‘tildi. Unga ko‘ra haydovchilar yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlari bilan munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:

— YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini tushuntirib berishni talab qilish;

— transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;

— xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik (2019 yil 1 iyuldan e’tiboran);

— YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (taqiqlangan belgi mavjud hududlardan tashqari);

— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;

— sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;

—huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;

— huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;

— asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;

— YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish;

— o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi dislokatsiya ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishish va dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish;

— o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va boshqa ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;

— YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish;

— o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring