Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovada surunkali kasalliklar borligi aniqlangan

Gulnora Karimovada surunkali kasalliklar borligi aniqlangan

Foto: «Eurasianet»

Gulnora Karimova 2017-yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganda unda ma’lum bir surunkali kasalliklar aniqlangan. Bu haqda bugun, 17-iyul kuni IIV huzuridagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB) vakillari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan anjumanda JIEBB Davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupov mahkuma Gulnora Karimovada o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar haqida axborot berdi.

Bahodir Yusupov.
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

«Jazoni ijro etish muassasiga kelib tushgan har bir shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qon tahlili natijalari va boshqa turdagi tibbiy ko‘riklar amalga oshiriladi. Mahkuma Gulnora Karimova ham shu kabi tekshiruvlardan o‘tgan. Karimova 2017-yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganda unda ma’lum bir surunkali kasalliklar aniqlangan. U 2019-yil 14-martda 21-sonli jazoni ijro etish muassasiga kelib tushganda ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Gulnora Karimovada mavjud bo‘lgan surunkali kasalliklar zo‘rayib ketmasligi uchun bir qancha mutaxassislar jalb qilingan. Jumladan, tibbiy tekshiruv jarayonlarida endokrinolog, gastroenterolog kabi 10 dan ortiq shifokorlar yordamidan foydalanilgan. Bu shifokorlar bevosita Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidagi mahkumlarga mo‘ljallangan mutaxassis shifokorlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi yetakchi mutaxassis shifokorlaridir. Hozirda Karimovaning salomatligi qoniqarli», — degan Bahodir Yusupov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring