Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz hisoblagichni qiyoslovdan o‘tkazish qanchaga tushadi?

Gaz hisoblagichni qiyoslovdan o‘tkazish qanchaga tushadi?

Gaz hisoblagich maishiy texnik turkumiga kirsa, qo‘shimcha qiymat solig‘isiz 5 755 so‘m, agarda maishiy elektron gaz hisoblagich turkumiga kirsa, QQSsiz 10 359 so‘mga tushadi.

"O‘zstandart" agentligining Zed News’ga malum qilishicha, hozirgi kunda bu narx O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi qiyoslash ta’rifiga asosan belgilangan.

Xo‘sh, hisoblagichni davlat qiyoslovidan qachon o‘tkazish kerak? Buni aholi qanday biladi?

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-iyulda 2604-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilan "Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom"ning 2-bob, 5-xat boshisida shunday yozilgan:

"tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin iste’molchini gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Shu bilan bir katorda, tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida iste’molchilarning o‘z vaqtida ogohlantirilishi uchun mas’ul etib belgilangan".

Demak, hisoblagichlarning muddati tugayotganda gazchilar o‘zlari aholini ogohlantirishi shart. "Sizniki muddati o‘tib ketibdi, vaqtida tekshirmabsiz", degan bahonalarga ishonmang! Bu holatda faqat gazchilar aybdor!

Yaqinda "Artel" hisoblagichlarni ishlab chiqarishni boshlashini, bu bilan "O‘ztransgaz" "sho‘tchik"lar tekinga o‘rnatilishini aytgan edi.

Antimonopoliya qo‘mitasi esa yangi hisoblagichlar uchun aholi pul to‘lamasligini eslatib chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring