Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV xodimlarining yangi kiyim-bosh namunalari muhokamaga qo‘yildi (foto)

FVV xodimlarining yangi kiyim-bosh namunalari muhokamaga qo‘yildi (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari uchun harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida buyruq bergan edi.

Unga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda iqlim sharoitiga mos, chidamli harbiy va xizmat kiyim-boshlarni tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratilishi belgilab olingan edi.

Yangi namunadagi harbiy va xizmat kiyim-boshlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xarajatlar budjet va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2021 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini harbiy va xizmat kiyim-boshlar bilan ta’minlash me’yorlari, harbiy va xizmat kiyim-boshlarni kiyish qoidalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.

Ushbu buyruq ijrosi doirasida FVV xodimlari uchun yangi kiyim-bosh namunalari muhokamaga qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring