Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqilayotgan ishlarning salmoqli qismini nikohga oid nizolar tashkil qilmoqda

Fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqilayotgan ishlarning salmoqli qismini  nikohga oid nizolar tashkil qilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 2019-yil mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan  bo‘yicha axborot berdi. Oliy mahkama matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, o‘tgan yili fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda  jami 188 282 ta ish ko‘rib chiqildi.

Mazkur raqam 2018-yilga taqqoslaganda fuqarolik nizolari 13,3 foizga kamayganini ko‘rsatadi.

Hisobot davrida 124 mlrd. so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomondan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar) ni undirish haqida 88 655 ta sud buyrug‘i chiqarildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan summa bo‘yicha 56,2 foizga, sud buyruqlari soni bo‘yicha esa 62,4 foizga kamaydi.

Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 162 327 ta hal qiluv qarorlari chiqarildi. Ushbu qarorlar bo‘yicha talablarning 86,2 foizdan ortig‘i qanoatlantirildi. 

Fuqarolik sudlarida ko‘rib chiqilgan ishlarning salmoqli qismini nikohga oid masalalar tashkil etmoqda. Raqamlar o‘tgan yilga nisbatan ancha pasaygan bo‘lsa-da, biroq baribir xavotirli. Masalan, hal qiluv qarori qabul qilingan da’vo tartibidagi 134 893 ta fuqarolik ishlaridan 34 742 tasi bitimlar, 2 806 tasi otalikni belgilash, 4 617 tasi uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish, 3 474 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzishga oid  bo‘lsa, 37 104 tasi nikohdan ajratishga doir nizolardir. Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan 42 350 ta ishning 22 187 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (qonuniy nikohlar bekor qilingan), 14 917 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (qonuniy nikohlar bekor qilinmagan), 2 327 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan hamda 2 874 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Qariyib  72 mingta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 1 024 ta ish ko‘rib chiqildi. Bunda birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 327 ta qaror bekor qilingan bo‘lsa, 117 ta sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring