Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerlarning onasi-yu qizidan so‘kkani aytilayotgan hokimga nisbatan tekshirish o‘tkazilmoqda — Bosh prokuratura

Fermerlarning onasi-yu qizidan so‘kkani aytilayotgan hokimga nisbatan tekshirish o‘tkazilmoqda — Bosh prokuratura

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir so‘kong‘ich hokimning audiosi tarqaldi. Dastlab «Xorazm-nyews» kanalida «jaranglagan» haqoratga to‘la gaplar «muallifi» Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi Maqsud Saidov ekani aytilmoqda.

Hokim tumandagi fermerlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida yer maydonlari tayyor emasligi vajidan kelib chiqib, ularni onasi-yu qizidan kelib, bolaxonador gaplar bilan so‘kadi.

So‘kinishlarni yozish ne, hatto eshitib bo‘lmasligi e’tiboridan ularni keltirishni lozim topmadik. Faqat Bosh prokuraturaga so‘rov yuborildiki, hokim buvaga tegishli deyilayotgan  holat yuzasidan yangilik bormi?

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi tekshirish o‘tkazlmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha  axborot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring