Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada sevgilisi oldiga kelgan yigitni kaltaklaganlar ushlandi

Farg‘onada sevgilisi oldiga kelgan yigitni kaltaklaganlar ushlandi

11-may kuni soat 14:30 da, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Bahor ko‘chasida 19 yoshli R.I. o‘zining sevishgan qizi D.O. bilan suhbatlashib turgan vaqtida, ularning oldiga «Matiz» rusumli avtomashina kelib to‘xtaydi.

Mashinadan R.I.ga notanish bo‘lgan 18 yoshli X.R., M.E. va Z.X.lar tushib, bu qiz bilan nima sababdan gaplashib turganiga e’tiroz bildiradi va D.O.ning qo‘lida bo‘lgan I.R.ga tegishli narxi 2.800.000 so‘mlik «Redme Pro 8» rusumli uyali telefon apparatini tortib oladi. So‘ngra R.I.ning yuz va ko‘krak sohalariga mushtlab, oyoqlari bilan tepib unga tan jarohati yetkazadi va hodisa joyidan yashirinadi.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida X.R., M.E. va Z.X.lar qo‘lga olinib, X.R.dan jabrlanuvchi R.I.ga tegishli «Redme Pro 8» rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.R., M.E. va Z.X.lar gumon qilinuvchi tariqsida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring