Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona. «Seul» restoranidagi janjal ochiqlandi, uch gumondor qamoqqa olingan

Farg‘ona. «Seul» restoranidagi janjal ochiqlandi, uch gumondor qamoqqa olingan

Farg‘ona shahridagi «Seul» restoranida sodir bo‘lgani aytilayotgan janjal tafsilotlari ochiqlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, voqelik 19 fevral kuni kech soat 23:30 atrofida, restoran ichkarisida emas, balki ostonasida sodir bo‘lgan.

Janjal restoranga kelgan F. Gafurov, D. Orifjonov va D. Xudoyberdiyevni qo‘riqchilar ichkariga qo‘ymaganidan kelib chiqqani aytiladi. Bundan jahli chiqqan uchchovlon restoranning eshik va derazalarini sindirib, qo‘riqchiga tan jarohati yetkazganicha «Lasetti»ga o‘tirib, voqea joyidan qochib ketishadi.

Mazkur holat yuzasidan 21 fevral kuni Farg‘ona shahar IIO FIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining (JK) 277-moddasi (bezorilik) tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nomi yuqorida qayd etilgan shaxslar qamoqqa olinadi.

Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan guvohlarning ko‘rsatmalari va restoran kuzatuv kamerasidagi tasvirlar nazorat tartibida o‘rganilganda jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimcha holatlar aniqlagan. Ya’ni, bezorilik qilgan uch nafar shaxsning biri — F. Gafurov ularni ichkariga kiritmagan qo‘riqchi I. Abduhamitovning hayotiga tajovuz qilish maqsadida boshqaruvidagi «Lasetti»ni uning ustiga qarab haydaydi. Bu jarayonda I. Abduhamitov o‘zini olib qochishga ulguradi, mashina esa yo‘l chetidagi voyaga yetmagan M. Husanovga borib uriladi. Buning natijasida voyaga yetmagan M. Husanov «o‘ng boldir suyagi tashqi va ichki to‘piqlari yopiq sinib, o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgani»ni sudga oid tibbiy ekspertizada tasdiqladi.

Shundan kelib chiqib, jinoyat ishi viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi ish yurituviga olingan. Shuningdek, jinoyat ishi JKning 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismiga qayta malakalanib, F. Gafurovga nisbatan ayblov to‘ldirildi.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring