Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Er o‘z xotinini nega zanjirband qilganiga izoh berdi (video)

Er o‘z xotinini nega zanjirband qilganiga izoh berdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent viloyati Zangiota tumanida fuqaro o‘z xotinini zanjirband qilgani haqida xabar berilgandi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati «Toshkent» telekanali bilan hamkorlikda ushbu holat tafsilotlarini ma’lum qildi. Xususan, o‘z xotinini zanjirband qilgan er nega bunday yo‘l tutganiga izoh bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘z uyida bu fuqaro turmush o‘rtog‘ining oyog‘ini zanjir bilan noqonuniy tarzda bog‘lab qo‘ygan. Bu haqda tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat tushgan.

Zangiota tumani IIB xodimlari tezkor o‘rganish maqsadida xonadonga borishgan. O‘rganish davomida ayol tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Hozir ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring