Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng yaxshi va eng yomon notariuslar aniqlandi

Eng yaxshi va eng yomon notariuslar aniqlandi

Adliya vazirligi 2019-yilning I yarim yillik davomida notariuslarning ish sifatini avtomatlashtirilgan elektron dastur orqali baholagan.

Sifatni baholashda notarial harakatlar soni, notariusning xizmat faoliyatiga oid ma’lumotlar va uning faolligi kabi mezonlar asos qilib olingan.

Baholash natijalariga ko‘ra jami 731 notariusdan 123 nafari “a’lo”, 427 nafari “yaxshi”, 167 nafari “qoniqarli” va 14 nafari esa “talabga javob bermaydi” deb baholangan.

Ish faoliyati qoniqarsiz deb topilgan notariuslarning soni 2018-yilning 2-yarmi davomida 10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2019-yilning 1-yarmida 2 foizni tashkil etgan.

Baholash reytingida dastlabki 3 ta eng yuqori o‘rinni egallagan notariuslarning ikki nafari Buxoro viloyatida va bir nafari esa Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatadi:

  1. Abduazim Aminov – Buxoro viloyati, Kogon shahar DNI notariusi — 95 ball (maksimal 100 balgacha);
  2. Nodirbek Usmonov – Farg‘ona viloyati, Toshloq tuman 1-son DNI notariusi – 95 ball;
  3. Oydina Murodova – Buxoro viloyati, Olot tuman DNI notariusi – 94 ball.

«Talabga javob bermaydi»gan 14 notariusning 11 nafari Toshkent shahrida, 1 nafardan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida faoliyat yuritadi.

Reytingda so‘nggi uch o‘rinni egallagan notariuslar:

  • 729. Sadoqat Yusupova – Xorazm viloyati, Urganch shahar 1-son DNI notariusi – 42 ball;
  • 730. Komiljan Jumayev – Navoiy viloyati, Navoiy shahar 1-son DNI notariusi – 40 ball;
  • 731. Adiba Hidoyatova – Toshkent shahri, Shayxontoxur tuman 5-son DNI notariusi – 38 ball.

Reytingning to‘liq ro‘yxati bilan vazirlik saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring