Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elmira Bositxonova piketga chiqqan ayollar huquqini himoya qilish uchun Nukusga yo‘l oldi

Elmira Bositxonova piketga chiqqan ayollar huquqini himoya qilish uchun Nukusga yo‘l oldi

Foto: Feysbuk

Joriy yilning 5 avgust kuni soat 11:08 da www.asiaterra.info saytining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Nukusda piketga chiqqan ayollar haqida xabar joylandi. Unda aytilishicha, 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida — Ivan Savitskiy nomidagi muzey ro‘parasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Tileo‘biyke Uldasheva hamda Perizat Begjanova bugungi tizimdan, Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan norozi bo‘lib kelishilmagan namoyishga chiqqan va buning ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga hamda piketni tasvirga olmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolarga nisbatan bosim ishlatilgan.

Natijada qisqa vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqda «V Nukuse na ploщadi Svobodi razognali aksiyu protesta» sarlavhali mazkur maqola qahramonlariga achinish va ularni yoqlovchi, mamlakat rahbariyati hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi sha’niga dog‘ tushiruvchi 25 ta izoh va 125 ta layk hamda dizlayk qoldirilgan. Ushbu xabar 200 ga yaqin internet foydalanuvchisi tomonidan ulashilgan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova voqeani joyiga chiqib o‘rganish va bu ayollarning huquqlarini muhofaza qilish, muammolariga hududdagi rahbarlar bilan birgalikda yechim izlash maqsadida 7 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga boradi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Elmira Bositxonovaning Nukusga tashrifi natijalari yuzasidan ertaga batafsil xabar beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring