Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling: qalbaki pullar!

Ehtiyot bo‘ling: qalbaki pullar!

Foto: «Xabar.uz»

Angrenlik E.A.ni chuv tushirdilar. Tumandagi mol bozorda ikki bosh qo‘yini 2,9 million so‘mga sotib olgan fuqarolar (1 dona 100 ming so‘mlik va 57 dona 50 ming so‘mlik kupyuradagi) qalbaki pul tutqazib ketishibdi.

Pullar qalbaki ekanligi qachonki, ular qo‘ldan qo‘lga o‘tib, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi xodimlari  tomonidan o‘rganilganida aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Departamentning Parkent tuman bo‘limi xodimlari yashirin «pul sexi»ni aniqlagani xabari berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring