Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat, qidirilmoqda. IIBB hamyurtlarimizdan yordam berishni so‘radi

Diqqat, qidirilmoqda. IIBB hamyurtlarimizdan yordam berishni so‘radi

Kecha «Telegram» messenjeri orqali 19 yoshli Narzullayeva Zulxumor Xolmurodovna bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo o‘sha vaqtda uning yaqinlari va qarindoshlari IIBga murojaat qilmagan.

Faqat Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlaridan biri ushbu xabarni o‘qib, yo‘qolgan qizning yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilgandan so‘ng qidiruv bo‘yicha IIBga ariza topshirilgan.

Zulxumorning onasi Sergeli tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlariga ma’lum qilishicha, ular Surxondaryoning Denov tumanidan kelgan va Sergeli tumanida joylashgan un chiqaruvchi zavodda ishlashgan. Ona-bola ushbu zavod hududidagi binolardan birida vaqtincha istiqomat qilib turgan.

23-iyul tongida, soat taxminan 8:30 larda ro‘y bergan oilaviy mojarodan so‘ng Narzullayeva Zulxumor uydan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Yo‘qolgan fuqaroni ko‘rganlar Sergeli tuman IIBga ushbu raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilinishi so‘raladi: 712580242, 712580854, 712575704. Yoki Toshkent shahar IIBga 102, 712323040, 712324050 raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Shu bilan birgalikda yaqinlarining raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi: +998975520570, +998935800099

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring