Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda quruvchi niqobi ostidagi firibgar ushlandi

Buxoroda quruvchi niqobi ostidagi firibgar ushlandi

45 yoshli J.S. Romitan tumanida yashovchi, 32 yoshli E.E.ning ishonchiga kirib, unga quruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishini, Buxoro shahri hududida ko‘p qavatli uylar qurayotganini aytib, 2019 yilning iyun oyidan avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, E.E.ga tegishli savdo do‘konidan jami 182.500.000 so‘mlik metall mahsulotlarini olgan. Firibgarlikda gumondor shaxs ushbu metall mahsulotlarning pulini to‘lamasdan, boshqa shaxslarga sotib, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. J.S., shu modda bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring