Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda brakonerlar yana jayron ovladi

Buxoroda brakonerlar yana jayron ovladi

Bundan 5 oy muqaddam Buxoroda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh urg‘ochi jayronlarni ovlagan Qorako‘l tuman fuqarolariga so‘ngi sud hukmi o‘qilgani xabar qilingan edi.

Afsuski, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyatning Olot tumani cho‘l hududlarida Qashqadaryo viloyatidan kelgan ikki fuqaro nafs yulida ikki bosh erkak jayron hamda 1 bosh yovvoyi quyonni vaxshiylarcha otgani ma’lum bo‘ldi. Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim mutaxassislari hamda Olot tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan qonunbuzarlar ushlanib, ularning ov faoliyatiga chek kuyildi.

Holat yuzasidan brakonerlarga nisbatan boshqarma mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Olot tumani IIBga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring