Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bulung‘urda yosh yigit qariyani bir musht urib, o‘ldirib qo‘ydi

Bulung‘urda yosh yigit qariyani bir musht urib, o‘ldirib qo‘ydi

Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida yosh yigit janjal vaqtida qariyani bir musht tushirib, hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

2020 yil 20 fevral kuni 66 yoshli X.T. yuz va chap ko‘z jarohatlari bilan Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilganida, X.T.ni fuqaro 32 yoshli D.X. urganligi aniqlangan.

2020 yil 23 fevral kuni qariyaga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring