Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuror raisligida yig‘ilish o‘tkazildi

Bosh prokuror raisligida yig‘ilish o‘tkazildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida joriy yilning 19-sentyabr kuni Bosh prokuror raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya va ishchi guruh a’zolari qatnashdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etishni so‘rab taqdim etgan murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018-yildagi «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-5542-sonli Farmoni talablari asosida ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Komissiya 5 nafar shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida xulosa qildi. Shuningdek, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 5 nafar fuqaroni O‘zbekistonga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Bugungi kunda ushbu masala bo‘yicha kelib tushgan yana 6 nafar murojaatchi ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.

Yig‘ilishda komissiya va ishchi guruh a’zolarining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi.

Jumladan, Farmon talablarini aholiga yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring