Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura ruhiy kasalxonaga yotqizilgan bloger bo‘yicha axborot berdi

Bosh prokuratura ruhiy kasalxonaga yotqizilgan bloger bo‘yicha axborot berdi

Foto: xabar.uz

Bir necha kundan beri ayrim sayt va ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik bloger N.Olloshukurovaning ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yotqizilishi keng muhokama qilinmoqda. Unga tayinlangan 10 kunlik ma’muriy qamoq jazosi nihoyasiga yetmay dispanserga jo‘natilishi esa muhokamalarga battar moy sepmoqda.

«Xabar.uz» holatga aniqlik kiritilishini so‘rab, Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari, adliya maslahatchisi Hayot Shamsutdinov, nihoyat, quyidagi ma’lumotni yubordi:

«...2019-yil 23-sentyabr kuni soat 12:00 larda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarlik sodir qilgan fuqaro M.Radjapov, uning yaqin qarindoshlari hamda «Facebook»da «Shabnam Ollashukurova» nomli guruh blogeri, N.Ollashukurovalarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Urganch shahar ma’muriy sudining 23.09.2019-yildagi qaroriga asosan N.Ollashukurovaga nisbatan MJtKning 183, 194, 195 va 202-moddalari bilan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

26.09.2019-yilda N.Ollashukurova ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan paytida ruhiyatida o‘zgarishlar sezilganligi uchun tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan uni viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan.

Viloyat ruhiy asab kasalliklar dispanseri tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga murojaat qilib, fuqaro N.Ollashukurova ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligini, unda «Psixopodobniy sindrom, poronayalniy sindrom» kasalligi alomatlari kuzatilganligi, o‘zi yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, uning nochorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi sababli, psixiatriya muassasasiga joylashtirishni so‘ragan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 30.09.2019-yilda hal qiluv qaroriga asosan, fuqaro N.Ollashukurova g‘ayriixtiyoriy tartibda Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilgan.

Hozirda N.Ollashukurova Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida davolanmoqda».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring