Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxonadan o‘tib oldi, ammo bojxonachilardanchi? «Spark»ka yuklanayotgan telefonlar fosh etildi

Bojxonadan o‘tib oldi, ammo bojxonachilardanchi? «Spark»ka yuklanayotgan telefonlar fosh etildi

Foto: Customs.uz

«Toshkent» xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unga ko‘ra bojxonadan o‘tib olgan yo‘lovchilardan qo‘l telefonlari, atir va elektron qo‘l soatlari yig‘ib olayotgan odam qo‘lga olindi.

Tadbir davomida xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. oldindan kuzatuvga olindi va avtoturargohdagi «Spark» rusumli avtoulovi yonida noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan telefonlarni yig‘ib olayotgan vaqtida tezkor guruh xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ushbu shaxs tekshirilganida, uning avtomashinasidan umumiy qiymati 140,5 million so‘mlik 11 dona «Irhone-11», 17 dona atir va elektron qo‘l soatlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring