Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger Dadaxon Haydarov ozodlikka chiqdi

Bloger Dadaxon Haydarov ozodlikka chiqdi

Dadaxon Haydarov.

Foto: Youtube

So‘x tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib shu yilning 22 avgustidan buyon ushlab turilgan bloger Haydarjon Bobohaydarov (Dadaxon Haydarov) bugun – 2 sentyabr kuni ozodlikka chiqarilgan. Bu haqda uning advokati Hamidaxon Abdunazarova «Kun.uz»ga ma’lum qilgan.

Adovkatning ma’lum qilishicha, himoyasi ostidagi shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish uchun yetarli asoslar bo‘lmagan. Shu sababdan u tergov organining qarori bilan qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar ortidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir necha kishi qamoqqa olingani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring