Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birovning raqamiga telegram kanal ochib, hayosiz rasm va videolar tarqatgan shovvoz ushlandi

Birovning raqamiga telegram kanal ochib, hayosiz rasm va videolar tarqatgan shovvoz ushlandi

Foto: IIV Tezkor qidiruv hamkorligi boshqarmasi

23-mart kuni ichki ishlar organlariga Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro D.S. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali «Aqilli fayzik» profili yordamida, xotin-qizlarning telefon raqamlari, turli xil pornografik shakldagi foto va videolavhalar joylashtirilgan, inson qadr-qimmatini kamsituvchi uyatsiz va buzuq haqoratli so‘zlar yozilgan «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanalida o‘zi foydalanib kelayotgan telefon raqamini «Asalhone 2» nomi bilan qo‘yib, tarqatib yuborgan noma’lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat yuzasidan IIV Tezkor qidiruv hamkorligi boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, yuqoridagi noqonuniy harakatlar Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi X.F. ismli fuqaro tomonidan sodir qilingani aniqlangan.  

Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro o‘zi foydalanib kelayotgan «MI-6» rusumli telefonidan ochilgan Telegram messenjeridagi «Aqilli fayzik» profili yordamida «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanali ochib, bir necha fuqarolarni telefon raqamlarini, turli xil pornografik shakldagi foto va videolavhalarni joylashtirib kelayotganligi aniqlangan. X.F. ismli fuqaro bilan o‘tkazilgan suhbat davomida, u haqiqatdan ham arizachiga tegishli bo‘lgan telefon raqamini «Asalhone 2» nomi bilan nomlab, inson qadr-qimmatini kamsituvchi uyatsiz va buzuq haqoratli so‘zlar yozilgan holda «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanalida tarqatganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida mazkur fuqaro tomonidan foydalanib kelayotgan «MI-6» rusumli telefon apparati xolislar ishtirokida tekshirilganida, «UZB KAYF GOLD» nomli Telegram kanalida, bir necha fuqarolarning telefon raqamlari, turli xil pornografik shakldagi foto va videolavhalar joylashtirilganligi aniqlanib, ushbu telefon apparati qo‘shimcha tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida olingan.

20 aprel kuni Andijon viloyati, Marhamat tumani Ma’muriy sudi tomonidan X.F. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41- va 189-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, mazkur Kodeksning 34-moddasiga asosan huquqbuzarga uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlanib, unga tegishli bo‘lgan «MI-6» rusumli telefon apparati davlat foydasiga musodara qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring