Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi masjiddan o‘g‘irlangan velosiped qayta tashlab ketildi

Andijondagi masjiddan o‘g‘irlangan velosiped qayta tashlab ketildi

Foto: «Google.com»

2019 yilning 2 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Ijtimoiy tarmoqda Andijondagi masjidlarning biridan velosiped o‘g‘irlab ketilgani haqidagi video keng tarqalmoqda» nomli video Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

2019 yil 24 iyun kuni Andijon shahrida yashovchi M.O. ariza bilan Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan. U joriy yilning 23 iyun kuni, soat taxminan 12.30larda Andijon shahrining Shahrixon ko‘chasida joylashgan «Holiq berdi boy» jom’ye masjidiga peshin namozini o‘qish maqsadida o‘ziga tegishli velosipedda kelgan. Jabrlanuvchi masjiddan chiqqan vaqtda tashqarida ochiq qoldirgan velosipedni noma’lum shaxs olib ketgan bo‘lgan.

Ushbu murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida M.O.ga tegishli bo‘lgan velosipedni boshqarib ketgan noma’lum shaxs tez orada velosipedni «Holiq berdi boy» jom’ye masjidiga tashlab ketgani aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring