Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda to‘rt sud raisi sayyor qabul o‘tkazdi

Andijonda to‘rt sud raisi sayyor qabul o‘tkazdi

Foto: «rostovgazeta.ru»

Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudlari, Andijon viloyat ma’muriy va iqtisodiy sudlari raislari Buloqboshi tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi binosida tadbirkorlik sub’yektlari va yuridik shaxslarning vakillari hamda fuqarolar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda jami 17 nafar fuqaro qabul qilinib, shundan 7 nafarining murojaati qanoatlantirildi va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Qolganlarning murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jumladan, «Farruh Farxod tekstil» MChJ rahbari E.Sobirov tuman hokimi qaroriga asosan jamiyat balansidagi savdo komplekslari buzib tashlangan bo‘lsa-da, tovon puli to‘lanmaganini ko‘ndalang qo‘ydi. Unga Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudiga Buloqboshi tuman hokimliga nisbatan kompensatsiya pullarini undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qilish huquqi va tartibi tushuntirildi. Va aytildiki, vajlari tasdiqlansa, pul undirish haqida qaror chiqarishda muammo yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring