Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yer ajratib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Andijonda yer ajratib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Andijonda tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratib berish evaziga 16 500 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. fuqaro N.S.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududidan mebel ishlab chiqarish va issiqxona qurish uchun 2 ga. yer ajratib berishga ko‘maklashish evaziga 16 500 AQSh dollari talab qilib, shundan, 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring