Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon. O‘qituvchilarni ayovsiz kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon. O‘qituvchilarni ayovsiz kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kecha, 7-oktyabr kuni Andijon shahridagi 50-maktabda pedagoglar kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Natijada ikki nafar pedagog xodimga jiddiy tan jarohati yetkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan kechaning o‘zida (08.10.2019-y.) fuqaro U.T. va uning 2 nafar sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarga qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, gumondorlar birinchi marta bezorlik  qilishmagan ko‘rinadi. Negaki, Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan «ish» qo‘zg‘atiladi qachonki, bunday qilmish takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganda!

Ayni paytda tergov harakatlari Andijon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring