Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktrisa Madina Muxtorovaning o‘g‘illariga oid voqea. Haqiqatmi yoki «sahna ko‘rinishi»?

Aktrisa Madina Muxtorovaning o‘g‘illariga oid voqea. Haqiqatmi yoki «sahna ko‘rinishi»?

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 10-15 yoshlardagi bolaning akasi tomonidan qiynoqlarga solinib, kalataklanib kelinganligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Jamoatchilikni junbushga keltirgan mazkur videolavha hamon muhokama etilayotir.

Yunusobod tumani IIO FMBga ko‘ra, videolavha 2020-yil 2-yanvar kuni «@Militsiya_uzb» telegram kanali orqali tarqatilgan. Besh daqiqayu yigirma uch soniyalik lavhada Yunusobodda yashovchi bolakay har kuni akasi tomonidan ayovsiz kaltaklanishi, uyning yerto‘lasida saqlab kelingani, bir gal hatto qo‘lidan ikki soatdan ko‘proq vaqt osib qo‘yilgani ma’lum qilinadi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida videotasvirlardagi bola 06.06.2006 yilda tug‘ilgan Mirfayz Alimjonov ekani aniqlangan.

2020-yil 2-yanvar kuni soat 15:23 larda Yunusobod tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga RShTYoIM qabul bo‘limidan xabarnoma tushib, unda voyaga yetmagan M.Alimjonov «yuz va tana sohasining ko‘plab qontalashlari va let yeyishlari» tashxisi bilan murojaat qilganligi aytiladi. Voyaga yetmagan bolaga ambulator davo tavsiya etilgan.

Voyaga yetmagan bolaning onasi M.S.Muxtorovaga ko‘ra, u o‘g‘li M.Alimjonovning tarbiyasi buzilib, ko‘p vaqtini ko‘chada o‘tkazayotganligi va uning xulq-atvoridagi o‘zgarishlar sababli o‘rtancha o‘g‘li S.S. Muxtorovga (1987-y.t.) «ukasi bilan gaplashib» qo‘yishni aytadi. O‘z navbatida, S.Muxtorov onasi va ukasi istiqomat qiladigan uyga kelib, «tarbiyaviy soat» o‘tishga tushadi. Ayni jarayonda voyaga yetmagan M.Alimjonov qo‘pol muomalada bo‘lganligi va gaplariga quloq solmaganligi sababli uni qo‘li bilan yuz va tana qismidan turtib, siltalagani natijasida ukasiga tan jarohati yetadi.

Shundan so‘ng M.S.Muxtorova voyaga yetmagan farzandi M.Alimjonovning tanasida ko‘karishlar borligi sababli uni tekshirtishtirish maqsadida shifoxonaga olib boradi. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng farzandini ish joyi, ya’ni O‘zbekiston milliy akademik drama teatriga olib ketadi.

M.Muxtorova o‘rtancha farzandi S.Muxtorov o‘ziga kam etibor berayotgani, shu bois uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘g‘li M.Alimjonov bilan kelishib, teatrdagi o‘z xonasida uning ko‘kargan joylarini tonal bo‘yoqlar bilan bo‘yab, (tanadagi ko‘karishlarni) bo‘rttirib ko‘rsatib, bu bilan o‘rtancha o‘g‘li ukasini muttasil ravishda qiynab, urib kelayotganligi to‘g‘risida tasavvur beradigan holatni yuzga keltiradi. Ayni jarayonlarni M.Muxtorova telefon apparati orqali videotasvirga oladi.

M.Muxtorova shu kuni telefon apparatini quvvatlash uchun xonasida qoldirib ketgan vaqtida uning kasbdoshlari tomonidan beruxsat olinib (hozirda kim tomonidan tarqatilganligi aniqlanmoqda), tarqatib yuboriladi.

Voyaga yetmagan M.Alimjonov onasi ishtirokida Yunusobod tumani IIO FMB XPB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori (psixolog qatnashuvida) bilan suhbatda tan jarohati ehtiyotsizligi oqibatida olgani, akasi S.Muxtorovga nisbatan da’vo-e’tirozi yo‘qligini aytib, ariza yozishdan bosh tortishgan. Akasi tomonidan o‘ziga jismoniy va ruhiy tazyiqlar o‘tkazilmaganligi ma’um qilgan.

Holat yuzasidan tomonlarning ko‘rsatmalarini tekshirish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring