Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan koloniyadagi vaziyatni o‘rganmoqda

Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan koloniyadagi vaziyatni o‘rganmoqda

Foto: Nuz.uz

So‘nggi paytlarda turli Internet axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda sudning hukmiga asosan tegishli jazoni o‘tayotgan mahkuma G.I.Karimovaning jazoni o‘tash muassasasidagi shart-sharoitlar xususida bildirilayotgan turli xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan mahkuma saqlanayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini mazkur masala yuzasidan turli xil asossiz xabarlar tarqatmaslikka chaqiramiz. Adliya vazirligi o‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring