Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi advokatlik firma va byurolari tadbirkorlik sub’yektiga kiritilishidan norozi

Adliya vazirligi advokatlik firma va byurolari tadbirkorlik sub’yektiga kiritilishidan norozi

Foto: Google.com

Hozirgi kunda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, kodeks loyihasining 488-moddasida advokatlik firmalari va byurolari soliq solish maqsadida tadbirkorlik sub’yektlari deb e’tirof etilishi nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunda advokatlik firmalari va advokatlik byurolari notijorat tashkilotlar sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, ular daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmaydi hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydi.

Taklif etilayotgan tartib advokatlik tuzilmalari soliq yukining oshishiga, bu o‘z navbatida, advokatura institutining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, fuqarolarga va tadbirkorlik sub’yektlariga professional yuridik yordam ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda tergov va sud ishi yuritishda malakali yuridik yordam olish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘dirishi, yuridik yordam ko‘rsatish qiymatining oshishiga va aholiga ortiqcha sarf-xarajatlarga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi holatlar yurtimizda sud-huquq sohasida, xususan advokaturaning rolini oshirish va aholiga maqbul yuridik xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘liq mos kelmaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Adliya vazirligi advokatlik firmalari va byurolarini tadbirkorlik sub’yektlariga tenglashtirish hamda ularni tadbirkorlik sub’yektlari sifatida soliqqa tortish masalasini maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi va mazkur kodeks loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ushbu masala bo‘yicha o‘z munosabatini vakolatli organlarga bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring