Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vaziri Buyuk Britaniya mutaxassislari bilan «Navoiy» EIZ hududida ingliz qonunchiligini joriy etish masalalarini muhokama qildi

Adliya vaziri Buyuk Britaniya mutaxassislari bilan «Navoiy» EIZ hududida ingliz qonunchiligini joriy etish masalalarini muhokama qildi

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

O‘zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniya poytaxti - London shahriga xizmat tashrifi doirasida adliya vaziri R. Davletov boshchiligida bir qator muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Buyuk Britaniya huquq Jamiyatining (UK Law Society) vitse-prezidenti Saymon Devis va Buyuk Britaniya Yuristlar xalqaro assotsiatsiyasining (International Bar Association (IBA)) jamoatchilik va professional qiziqishlar bo‘yicha departamenti raisi Sara Hadchinson bilan uchrashdi.

Buyuk Britaniyaning huquq Jamiyatida o‘tkazilgan uchrashuvda R. Davletov S. Devisga mamlakat rahbarining «Navoiy» EIZ hududida ingliz qonunchiligini joriy etishga niyati mavjudligi hamda joriy etishga tayyor ekanligi haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri mintaqada ishtirokchilarni huquqiy tartibga solish vositasi sifatida ingliz qonunchiligining to‘liq ishlashini ta’minlash uchun tegishli infratuzilmani va tizimni yaratish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

S. Devis, o‘z navbatida, ingliz qonunchiligini qo‘llash butun O‘zbekiston taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, chunki butun dunyodagi biznes bu tizimga ishonishini ta’kidladi. U O‘zbekiston hududida ushbu amaliyotni o‘rganish va amalga oshirishda o‘zbek hamkasblarining ishiga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, S. Devis huquqni muhofaza qilish dasturlarini yanada takomillashtirish muhimligini ta’kidlab, Toshkent shahridagi «Yurisprudensiya» sohasidagi xalqaro universitet filialining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Xususan, u huquqshunos talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini va Londonda o‘zbekistonlik yuridik xodimlarni amaliyotini tashkil etish imkoniyatlarini qayd etdi.

Buyuk Britaniya Yuristlar xalqaro assotsiatsiyadagi uchrashuv davomida yuridik sohani yanada rivojlantirish va O‘zbekistonda yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash muhokama qilindi.

S. Xadinson IBA bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek, O‘zbekiston Advokatlar palatasi o‘rtasida O‘zbekistonda yuridik kasbni rivojlantirish va yangi avlod yuridik xodimlar uchun o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga birgalikda ishlash uchun hamkorlik qilishni taklif qildi.

Shu bilan birga, ingliz tomoni har yili Toshkent va Samarqandda 2019-yil oktyabr-noyabr oylarida IBA forumini tashkil etish va o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli va samarali hamkorlikka umid bildirib, erishilgan kelishuvlarning amaliy amalga oshirilishi yuzasidan muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

  Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring