Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

21-oktyabr dam olish kunimi? Huquqiy izoh

21-oktyabr dam olish kunimi? Huquqiy izoh

«O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan, ushbu kun dam olish kuni hisoblanmaydi. Demak, ertaga 21-oktyabr sanasi rasman ish kunidir. 

Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlari hisoblanadi:

1-yanvar – Yangi yil;
8-mart – Xotin-qizlar kuni;
21-mart – Navro‘z bayrami;
9-may – Xotira va qadrlash kuni;
1-sentyabr – Mustaqillik kuni;
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring