Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

12 yoshli qizchaning qotilligida gumon qilingan shaxs ushlandi

12 yoshli qizchaning qotilligida gumon qilingan shaxs ushlandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgani xabar qilingandi.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v, z» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

«Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring