Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zomin tumani IIB bo‘linmasi binosida ishlayotgan 7 nafar ishchi halok bo‘ldi

Zomin tumani IIB bo‘linmasi binosida ishlayotgan 7 nafar ishchi halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Zomin tumanida yetti nafar yollanma ishchi is gazidan zaharalanib vafot  etdi. Ayni ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.

Unga ko‘ra, shu yilning 19-noyabr kuni  Jizzax viloyati, Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasida qurilishidan ishlayotgan  yetti nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan. Ishchilar binoning ikkinchi qavatidagi bitta xonadan yotoqxona sifatida foydalanib kelishgan. O‘sha kechada xonadagi gaz plitasini avval o‘chirishgan, keyinroq, yarim tunda yana yoqib qo‘yilgan. Buning natijasida sizib chiqqan is gazi fojeaga sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilda sovuq kunlar boshlangach,  Nukusda, Do‘stlikda va Namanganda ham is gazidan zaharlanish oqibatida qurbonlar bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring