Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimidan uzoqqa qocha olmadi

YPX xodimidan uzoqqa qocha olmadi

Joriy yilning 28 avgust kuni soat 17:40 larda, Samarqand viloyati, Urgut tumani, Navoiy shoh ko‘chasida YPX xodimi K.Rashidov tomonidan «Damas» rusumli avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasi ko‘rsatilganda haydovchi to‘xtamasdan harakatda davom etgan.

YPX xodimi va ushbu joyda xizmat olib borayotgan IIB sohaviy xizmatlari xodimlari boshqa bir«Damas» rusumli avtomobilda bo‘ysunmay ketgan haydovchini kuzatib borgan.

Haydovchi to‘xtagandan so‘ng, xodimlar tomonidan bo‘ysunmaslik holatini bartaraf qilish choralari ko‘rilgan. YPX xodimi tomonidan me’yoriy hujjatlari taqdim qilinishi so‘ralganda, haydovchi hujjatlarini taqdim qila olmagan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda bayonnoma va boshqa hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring