Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

YPX inspektori pora  bilan qo‘lga tushdi

Joriy yilning 6-fevral kuni, fuqaro U.A. huquqni muxofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaat qilgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.Boymatov o‘zining boshqaruvidagi xizmat avtomashinasi bilan sodir etgan qoidabuzarligini jarimasini to‘lash uchun U.A.dan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan «Matiz» rusumli transport vositasini chiqarib berish maqsadida ta’magirlik yo‘li bilan 220 000 so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda  IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.Boymatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring