Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi Angren» IESida yong‘in sodir bo‘ldi

«Yangi Angren» IESida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

30-yanvar kuni soat 11:40 da «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-chi sonli energoblokda nosozlik yuzaga kelishi natijasida 170 megavatt quvvat bilan to‘xtatildi.

Shu vaqtda qozon agregatining tom qismida yong‘in yuzaga kelib stansiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari qo‘llanildi va o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi. Soat 14:00 da yong‘in bartaraf etildi. Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, jabrlanganlar mavjud emas.

Ayni paytda energoblok ta’mirga chiqarildi va nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur holatni o‘rganish yuzasidan maxsus komissiya tashkil qilindi.

Ayni paytda mazkur stansiyaning 3 ta energobloki jami 580 MVt quvvat bilan ishlamoqda.

Yong‘in sabab ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring