Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana fojia: uchta hududda 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlandi

Yana fojia: uchta hududda 6 nafar fuqaro is gazidan  zaharlandi

Foto:«Uza.uz»

24-noyabr kuni Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani hamda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 6 nafar fuqaro (2 nafar erkak, 3 nafari ayol, 1 nafari voyaga yetmagan qiz) gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlangan.

Jabrlanuvchilar o‘zlarini noxush his qilib, shifoxona yotkizilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu xolatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov oldi tekshiruv xarakatlari olib borilmokda.

«Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz» deyiladi prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring