Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmdagi bojxona postida xorij fuqarosi to‘satdan vafot etdi

Xorazmdagi bojxona postida xorij fuqarosi to‘satdan vafot etdi

Joriy yilning 27-oktyabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumani «Shovot» chegara bojxona postida kutilmagan holat qayd etildi, deya yozmoqda «Postda» nashri.

1940-yilda tug‘ilgan turkmanistonlik K. D. post orqali O‘zbekiston Respublikasidan Turkmaniston Respublikasiga chiqib ketayotib, birdaniga sog‘lig‘i yomonlashgan va to‘satdan vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasida u yurak xurujidan vafot etganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura idoralari olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring