Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda «Yer mulk kadastr» mutaxassisi 300 dollar pora bilan ushlandi

Xorazmda «Yer mulk kadastr» mutaxassisi 300 dollar pora bilan ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘tkazildi. 

Unda Xorazm viloyati «Yer mulk kadastr» DK Urganch shahar filiali mutaxassisi Yu.M., fuqaro B.P.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning Xiva shahrida joylashgan noturar binosi hujjatlarini turar joy sifatida rasmiylashtirib berishi evaziga 400 AQSh dollari talab qilib, shundan, 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Departament matbuot  xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Yu.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring